Twitxy Saved

Uzchess

@Uzchesss

Bepul, Qiziqarli, Ommabop
Uzchess - Kichik yurishlardan katta g'alabalarga.
Shaxmatni ommalashtirish uchun shu yerdamiz.
Joined January 2024
87 Following 534 Followers 2K Posts

Latest posts 5

Uzchess @Uzchesss
Sindarov va Gukeşning ilk töqnaşuvi!

⚡2018-yil, Moskva. 11 yoşli hindistonlik Dommaraju Gukeş va 12 yoşli özbekistonlik Javohir Sindarov ilk bor şaxmat taxtasida töqnaş keladi.

Moscow Open turnirining 9-turida Gukeş oq, Sindarov esa qora donalarda öynaydi.

Oradan sakkiz yildan ortiq vaqt ötdi. Endi esa öşanda bir-biriga qarşi öynagan ikki iste’dod jahon çempionligi uchun kuraşmoqda.

🔥Öşa tarixiy partiya qanday keçgan?

Barçasini Uzchess YouTube kanalidagi yangi videomizda tomoşa qiling!

⚡️videoni köriş: youtu.be/cZhb1pRvbm4?si…
Uzchess @Uzchesss
🇳🇴Karlsen: «Abdusattorov bilan maşğulotlar meni reallikka qaytardi»

Magnus Karlsen 7-noyabr kuni UNICEF uçun taşkil etilgan xayriya jonli efirida Nodirbek Abdusattorov bilan maşğulotlari, şahmatdagi intuisiya va kelgusi musobaqalar haqida gapirdi.

🇺🇿Abdusattorov bilan maşğulotlar haqida:

«Dunyoning eng yaxşi şahmatçilaridan biri bilan öynab, biroz reallikka qaytasan», — dedi Karlsen.

Uning aytişiça, internetda köplab blits partiyalarini öynaş ayrim zararli odatlarni şakllantiradi. Nodirbek bilan maşğulotlar esa bu jihatdan foydali bölgan. Karlsen, şuningdek, Abdusattorov oğlida ham juda yaxşi taassurot qoldirganini ta’kidladi.

Yurişlarining 90 foizi intuisiyaga asoslanadi

Karlsenning aytişiça, u köpinça faqat bitta nomzod yurişni körib çiqadi. Ba’zan ikki yoki uçta variantni hisoblaydi. Bundan köprog‘ini izlaşga töğri kelsa, odatda pozitsiyasida muammo borligini bildiradi.

Total Chess haqida

Karlsen yangi formatni qiziqarli, ammo biroz taşvişli deb baholadi. U musobaqada iştirok etişni intiqlik bilan kutyaptimi, degan savolga avvaliga hazil bilan javob berdi.

🇹🇷Istanbuldagi jahon çempionatiga boradimi?

Karlsen rapid va blits böyiça jahon çempionatining Turkiyada ötkazilişi uning iştirok etiş ehtimolini sezilarli darajada oşirişini bildirdi. Biroq hozirça yakuniy qaror qabul qilmagan.

Şuningdek, Karlsen London tizimi haqida ham fikr bildirib, bu debyut avval öylanganidan ança boy va murakkab ekanini ta’kidladi.
Uzchess @Uzchesss
«Şahmat özining tarixiy vatanlariga qaytdi!» — Vladislav Tkachiev

Fransiyalik grossmeyster Vladislav Tkachiev Europe Échecs naşriga bergan intervyusida Gukesh va Sindarov örtasidagi jahon çempionligi maçi haqida öz fikrlarini bildirdi.

«Menimça, Sindarov ğalaba qozonadi. Hindistonlik va özbekistonlik şahmatçining jahon çempionligi uçun kuraşayotgani bejiz emas», — deydi Tkachiev.

Grossmeyster bu fikrini şahmatning kelib çiqiş tarixi bilan boğladi. Uning ta’kidlaşiça, şahmat qadimda Hindistonda paydo bölgan, keyinçalik Fors va Markaziy Osiyo orqali boşqa hududlarga tarqalgan.

Tkachiev bugungi kunda özbek şahmatçilarining yuksalişini tarixiy jarayonning öziga xos davomidek baholaydi.

«Şahmat özining tarixiy vatanlariga qaytdi», — deya xulosa qiladi grossmeyster.
Uzchess @Uzchesss
Noyabr oyida şaxmat olamida bizni qanday musobaqalar kutmoqda?

🔴10–20-noyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapeştda Total Chess World Championship Tour musobaqasi öt­kaziladi. Unda Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen va boshqa yetakçi grossmeysterlar bilan raqobatlaşadi.

🔴Yilning eng katta voqeasi esa Şveysariyaning Jeneva şahrida böladi. 22-noyabrdan 12-dekabrgaça Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni Gukeshga qarşi jahon şaxmat toji uçun kuraş olib boradi.

🔴25-noyabrdan 4-dekabrgaça Londonda an’anaviy London Chess Classic turniri ham öt­kaziladi. Bu nufuzli musobaqada Nodirbek Abdusattorovning iştiroki kutilmoqda.

🔴Oy yakunida esa şaxmat ixlosmandlarining e’tibori Toşkentga qaratiladi. 27-noyabrdan 7-dekabrgaça Prezident kubogi musobaqasi öt­kaziladi.

Siz qaysi musobaqani eng köp kutyapsiz?